Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.
22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida qatnashmayotgan uch nafar deputat nomidan ovoz berildi. Jumladan, kun tartibini tasdiqlashda ovozlar inobatga olindi. Spiker deputatlarning yo‘qligini payqagach, ularning ovozlarini hisobga olish to‘xtatildi.
Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ichki ishlar xodimlarini suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbuskorlardan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralgan, shunga ko‘ra hujjatga o‘zgarishlar kiritiladi. «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchiligimizda juda ko‘p bo‘shliqlar bor. Kerak bo‘lsa ziddiyatlar ham bor, uni ham tan olishimiz kerak», — dedi u.
Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.
Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda «lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda «bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting